Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YoShLAR YeTAKChISI” STIPENDIYaSINING BIRINChI SOHIBASI ANIQLANDI

×

 2022-03-15 12:01:35    113

PDF yuklash
Chop etish


“YoShLAR YeTAKChISI” STIPENDIYaSINING BIRINChI SOHIBASI ANIQLANDI

         Xabaringiz bor, ilm olishda faol va intiluvchan talabalarni rag'batlantirish bo'yicha Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Muhib A'zamjonov va 29-sonli maktab ma'muriyati hamkorligida “Yoshlar yetakchisi” stipendiyasi joriy etilgan edi. Bugun ushbu rag'batning birinchi egasi nomi ham ma'lum bo'ldi.

         29-sonli UO'T maktabi direktori Amirjon Temirovning so'zlariga ko'ra, bu e'tibor va rag'bat talaba yoshlarga intilish va izlanish uchun o'ziga xos motivatsiya rolini o'ynaydi.

         Mazkur maktabning 10-sinf o'quvchisi Mufazzal Mahmatova maktabning faol va bilimli talabalaridan. Mufazzalxonga yoshlar yetakchisining ilk stipendiyasi taqdim etildi.

         - Tartibga ko'ra, har oyda ikki marotaba 6 nafar mana shunday faol o'quvchilarga stipendiya topshiriladi. Yana 5 nafar yetakchi o'quvchilarimizga hafta davomida ushbu rag'batlantiruvchi mukoftolarni topshiramiz, - deydi mahallaning yoshlar yetakchisi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati