Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 216 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAYROQ SUV NASOS STANTSIYaSIDA SINOV TAJRIBALARI O'TKAZILDI

×

 2022-03-14 19:19:32    110

PDF yuklash
Chop etish


QAYROQ SUV NASOS STANTSIYaSIDA SINOV TAJRIBALARI O'TKAZILDI

         Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli qarori asosida qiymati salkam 93 milliard so'm bo'lgan Qayroq suv nasos stantsiyasi qurilishiga asos solingan kundan boshlab, mazkur inshootda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kungacha mazkur inshootda ikki ko'tarmali suv nasos inshootlari qurilib, maxsus agregatlar olib kelinib o'rnatildi.

         Mazkur yirik inshootning qurilishidan asosiy maqsad tumandagi Qayroq massividagi salkam 1 500 gektar yerlarga "obi hayot" tortish va fuqarolarimizga qo'shimcha daromad manbai yaratib berishdan iborat.

         Qayroqqa suv chiqarish Prezidentimizning yana bir ezgu tashabbuslariga javoban qilingan xayrli amallarning biridir. Qayroqda yaqin kelajakda ulkan yashil ekohudud barpo etiladi.

         So'x tumani hokimi o'rinbosari Sodiqjon Murzoyevning ma'lumotiga ko'ra, bugun mazkur inshootda mutaxassislar tomonidan agregatlarning sinov jarayonlari o'tkazildi. Birinchi "obi hayot" tomchilari zamonaviy dastgohlar orqali maxsus hovuzlarga to'kildi.

         Qayroqda va umuman So'xning tashna bo'lgan yerlarida yangi inshoot tufayli yangi hayot boshlanadi. Bu bizni mehnat qilishga va So'xni ekoturizm gushasiga aylantirishga undaydi. Va albatta bu ish bizning, har birimizning qo'limizdan keladi.

         Yangi hayot va yangi O'zbekiston qurilishi sari odimlayotgan har bir niyati ezgu va xayrixoh insonlarga muvafaqqiyattlar tilab qolamiz. Zotan, ezgu maqsad bilan boshlangan har bir ish samarali bo'lajak.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati