Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YaNGI TA’LIM DARGOHI FOYDALANIShGA ShAY

×

 2022-03-14 19:16:02    112

PDF yuklash
Chop etish


YaNGI TALIM DARGOHI FOYDALANIShGA ShAY

         Aytish lozimki, tumanimizda o'tgan 2021 yili ulkan qurilish-ta'mirlash va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va buning barchasi bevosita So'x tumaniga hukumatimiz va bevosita davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan beqiyos e'tibor tufaylidir.

         Tumanimizning Oftobru mahallasi “Qizil hudud” dagi mahallalardan bo'lib, bu yerda o'tgan yili “Obod qishloq” Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar e'tirofga loyiqdir. Berilayotgan e'tibor e'tirofli va amaliy ishlar tufayli o'z isbotini topmoqda.

         Mazkur mahallada ayni yoz pallasida qurilishi boshlangan umumiy o'rta ta'lim maktabi ayni kunda foydalanishga topshirish arafasida. Mazkur ta'lim dargohining qurilish ishlariga davlatimiz tomonidan 12 milliard 500 million so'm mablag' yo'naltirilgan. Qurilish ishlari “Farg'ona bunyodkor qurilish-ta'mirlash” MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirildi.

         Ishonchimiz komilki, mazkur maktabning foydalanishga topshirilishi xalqimizga munosib bahoriy sovg'a bo'ladi. Ta'lim dargohi 330 o'ringa mo'ljallangan va bu yerda oxirgi ishlar amalga oshirilmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati