Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E’TIBOR

×

 2022-03-14 19:11:47    178

PDF yuklash
Chop etish


E’TIBOR

         Jazo muddatini o'tab qaytgan fuqarolarga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatish, ularni sog'lom hayot kechirishlari uchun ko'maklashish yuzasidan tumanimizda ham arzirdi ishlar amalga oshirilmoqda.

         So'x tumani hokimligi ijtimoiy ko'nikma komissiyasi kotibi Nishonali Ibrohimovning malumotiga ko'ra, Oftobru mahallasida yashovchi fuqaro Gulxanjon Nurmatov jazo muddatini o'tab qaytganligi sababli tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma markaziga 2022 yil 23 fevral kuni moddiy yordam surab murojaat etgan.

         Murojaat yuzasidan tuman hokimining 1 o'rinbosari I.Tojiboyev boshchiligida jazo muddatini utab qaytgan fuqroning sharoiti har tomonlama o'rganish maqsadida tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko'nikma komissiya a'zolari hamda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida o'rganlib, fuqaro bilan so'hbat utkazildi.

         Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko'nikma markaziy komissiyasi tomonidan eng kam oylik ish haqining 4.5 barobari ya'ni 1 215 000 so'm miqdorda moddiy yordam puli hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

         Tuman bandlikka ko'maklashish markazi hamkorligida Nurmatov Gulxanjon Muxamatovichni bandligini ta'minlash maqsadida “Guzari Omadi Odina” MChJ ga  mashinist vazifasiga ishga joylashtirildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati