NATIJALAR SARHISOB QILINDI
2022-03-14 18:59:16 152
NATIJALAR SARHISOB QILINDI
Respublikamizning barcha umumta'lim maktablarida o'quv yilining 3-choragi oxiriga yetib, o'tgan muddat davomida qo'lga kiritgan natijalar va sohadagi muammo-kamchiliklar sarhisob qilinmoqda.
Tumanimizning 29-sonli umumy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan tadbirda ayni o'tayotgan chorakdagi natijalar muhokama etildi.
Maktab direktori Amirjon Temirovning so'zlariga ko'ra, mahallaning yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan yangi chorakdan boshlab, oy davomida ikki marotaba eng faol o'quvchilarga stipendiya berish tartibi joriy etiladi.
Tadbirda ishtirok etgan Farg'ona Davlat Universitetining talabasi Parviz Ahmadjonov Prezidentimiz tomnidan yoshlarga berilayotgan e'tibor haqida gapirdi.
Maktabda xorijiy tillardan nemis tili o'rgatiladi va tadbirda talabalar tomnonidan nemis tilida she'rlar qiroat etildi va o'quvchilarning kitobxonlik mahorati ham imtihondan o'tkazildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati