IMKONIYaTDAN FOYDALANING
2022-03-12 19:04:58 160
IMKONIYaTDAN FOYDALANING
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi xuzuridagi Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda 2022 yil hosil uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishga talab etiladigan xarajatlar miqdori (bozor narxlarida) qayta ishlab chiqildi.
Shuning uchun, tumandagi barcha qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan sub'ektlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari yuqoridagi mahsulotlarni xarid qilish va yetishtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagidagi 130-sonli qaroriga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2021 yildagi PQ-52 sonli “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq yalpi hosili umumiy qiymatining 50 foizigacha bo'lgan miqdorda yillik 14 foizi ustama to'lash sharti bilan 12 (o'n ikki) oy muddatga imtiyozli kredit olishlarini eslatib o'tamiz.
Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish Agentligi So'x tumani bo'limi
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati