Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOG'ChADA AMALIY SEMINAR

×

 2022-03-11 18:22:54    142

PDF yuklash
Chop etish


BOG'ChADA AMALIY SEMINAR

         Respublikamizda barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, bola tarbiyasiga bevosita aloqador bo'lgan maktabgacha ta'lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol isbotidir.

         So'x tumanida bolalar qamrovini maktabgacha ta'lim muassasalariga yanada kengaytirish va mahalallarda tashkil etilayotgan oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari sohadagi ko'rsatgichni yuqorilashiga ham omil bo'layotir. Tabiiyki, bu muassasalarda ham olib borilayotgan ishlar talab darajasida va qonun doirasida bo'lishi lozim.

         So'x tumani 1-sektor hududidagi oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari ishtirokida “Ish xujjatlarini to'g'ri yuritish va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan berilgan o'quv qurollaridan samarali foydalanish” mavzo'sida amaliy o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

         Tuman maktabgacha ta'lim bo'limi oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uslubchisi Faridun Turg'unboyevning ma'lumotiga ko'ra, mavzu bo'yicha barcha soha xodimlariga metodik tavsiyalar berildi va ilg'or tajribalarni kengaytirish bo'yicha “Yo'l xarita”si tuzildi. – O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan berilgan qiymati 6 million so'm bo'lgan o'quv-uslubiy va didaktik qo'llanmalar barcha muassasalarga yektazib berilgan va ayni ushbu masala yuzasidan tadbir ishtirokchilarga amaliy va metodik tavsiyalar berildi, - deydi Faridun Turg'unboyev.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati