Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 128 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"SOHIL"DA BAYRAM TADBIRI

×

 2022-03-09 18:51:01    104

PDF yuklash
Chop etish


"SOHIL"DA BAYRAM TADBIRI

         Qal'a mahalla fuqarolar yig'ini mutasaddilari 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kunini munosib kutib olish maqsadida Soybozor mavzesidagi “Sohil” dam olish maskanida bayramona tadbir tashkil etishdi. Tadbirga mahalladagi nuroniy onaxonlar, keksa yoshdagi momolar, ayollar va xotin-qizlar taklif etildi.

         Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida o'tirgan barcha ishtirokchilarga san'atkorlar va san'at g'unchalarining ko'y-qo'shiqlari a'lo kayfiyat bag'ishladi. Bayramona bezatilgan sahnada onalarni tarannum etuvchi qo'shiqlar yangradi.

         Mahallaga tayinlangan yoshlar yetakchisi Ilhomjon Mulloyevning so'zlariga ko'ra, bayram tadbiri mahalla fuqarolar yig'ini mutasaddilari va hokim yordamchisining mustahkam hamkorligida tashkil etildi.

         Tadbirda ishtirok etgan 2-sonli IDUM o'quvchilarining chiqishlari ham tadbir ishtirokchilariga ma'naviy zavq baxsh etdi. Mahalla fuqarolar yig'ini tomonidan ishtirokchilarga qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati