Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 218 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

×

 2022-03-09 18:47:31    112

PDF yuklash
Chop etish


DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

         Bugun Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi 50-sessiyasi bo'lib o'tdi. Mazkur sessiyani So'x tumani hokimi, Kengash raisi, Sayidbahrom Sayidmusayev ochdi.

         Deputat Numonjon Sadirbekov sessiyaning kotibi etib tayinlandi.

         Birinchi masala - So'x tumanida hududiy sektorlar va  tashkilot  rahbarlari tomonidan uyma-uy yurish ijtimoiy va boshqa ob'ektlarni o'rganish  orqali  muammolarni aniqlash hamda  hal qilish, murojaatlar  bilan  ishlash bo'yicha 2021 yilda qilingan ishlar to'risida O'Zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumani Xalq Qabulxonasi mudiri Mamurjon Botirov ma'ro'za qildi.

         Mazkur sessiyada tuman sektorlari rahbarlari hisobotini eshitish ham belgilangan. Sessiya ishtirokchilarga tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev 2021 yilda 1-sektor hududida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

         - Qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar emas, ko'proq yo'l qo'yilgan xatova kamchiliklar xususida gapiramiz. Mazkur kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qanaqangi ishlar yoxud chora-taddbirlar belgilaymiz? Mana shu savollarga javob topishi uchun harakat qilishimiz kerak, - dedi tuman hokimi so'z boshida.

         2-sektor hududida o'tgan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yilning o'tgan iki oyi davomida hududni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar bo'icha tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov axborot berdi.

         - O'tgan yildagi kamchiliklardan xulosa chiqargan holda bu yili bajarilishi lozim bo'lgan ishlarni mas'uliyat bilan bajarish, davom ettirajak ishlarimizni mustahkam hamkorlikda amalga oshirishimiz lozim, - dedi tuman prokurori.

         Sessiya davomida deputatlar tuman prokuroriga tuman hududidagi noqonuniy qurilmalar va ularing egalariga nisbatan keskin qonuniy choralar ko'rish lozimligi bo'yicha murojaat etishdi. Bu masala bo'yicha tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ham o'z munosabatini bildirdi.

         Tumanning 4-sektori hududida amalga oshirilgan ishlar xususida tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari Farid Turbaoyev ma'lumot berdi. Amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida ma'lumotlar yetkazildi.

         Sessiya kun tartibiga qo'yilgan uchinchi masala - jinoiy ishlar bo'yicha So'x  tumani  sudining 2021 yilda  davomida amalga oshirilgan  ishlari to'g'risida. Bu bo'yicha sessiya ishtirokchilariga jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudi raisi Sh. Madumarov ma'lumot berdi.

         Sessiya kun tartibiga qo'yilgan har bir masala o'zining dolzarbligi bilan ham ahamiyatlidir. Mazkur masalalar bo'yicha deputatlar o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

         - Har bir masalaga mas'uliyat bilan yondoshib, tanqidiy ruhda baho bersakgina ko'zlangan maqsadimizga albatta erishamiz, - deya ta'kidladi tuman hokimi. 

         Sessiya kun tartibiga qo'yilgan navbatdagi masala - majburiy ijro byurosi So'x tumani  bo'limining 2021 yilda  amalga oshirilgan ishlari to'g'risida mazkur byuroning So'x tumani bo'limi rahbari Zafar Shodiyev deputatlarga hisobot berdi.

         Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala - kam ta'minlangan, ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalarni “Temir daftar”ga kiritish masalasi. Bu bo'yicha So'x tumani mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i, tuman hokimi o'rinbosari Abdushukur Turaboyev ma'ro'za qildi.

         So'x tumani hokimi, Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi raisi Sayidbahrom Sayidmusayev nomiga bloger, Demursad mahallasida yashovchi fuqaro Zohir Sulton (Sultonov) nomidan mahalladagi bugungi holat, sohalarda yo'l qo'yilgan korruptsion holatlar yuzasidan ochiq xat tushgan va ushbu xat deputatlar guruhiga o'rganish uchun chiqarilgan.

         Mazkur o'rganish natijalari bo'icha deputat Subhonali Nishonov ma'lumot berdi. Deputat talabi bilan mazkur o'rganish natijalari sessiyaning tegishli qarori bilan So'x tumani prokuraturasi, bevosita tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovga xato-kamchiliklarga yo'l qo'ygan mansabdor shaxslarga insbatan qonunda belgilangan choralarni ko'rish uchun yo'naltiriladigan bo'ldi.

         Sessiyaga qo'yilgan kun tartibidagi masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

         Shu bilan Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi 50-sessiyasi poyoniga yetdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati