Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

112-YoShLI MOMO MEHMONIDA

×

 2022-03-09 18:37:07    82

PDF yuklash
Chop etish


112-YoShLI MOMO MEHMONIDA

         8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlab tumanimiz hududida yashaydigan nuroniy momojonlar, yuz bilan yuzlashgan keksa onajonlar holidan xabar olinib, ularga tuman hokimligi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi hisobidan sovg'alar taqdim etildi.

         Guliston mahallasida yashovchi 112-yoshni qarshilagan Muharramxon-momo Qosimova xonadoniga tashrif buyurgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlar rahbarlari onaxonni bayram munosabati bilan tabriklab, ularga tuman hokimi tabriknomasi, "Saxovat va ko'mak" jamg'armasi hisobidan oziq-ovqat va qimmatbaho sovg'alarini taqdim etdilar.

         Bunday sovg'a-salomlar tumanimizning boshqa mahallalarda istiqomat qiladigan nuroniylarga ham ulashildi. Nuroniylarga turli jamoat tashkilotlari hisobidan tashkil etilgan sovg'alar ham taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati