Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCh MAHALLA YoShLAR YeTAKChILARINING HAMKORLIGI

×

 2022-03-09 18:19:50    85

PDF yuklash
Chop etish


UCh MAHALLA YoShLAR YeTAKChILARINING HAMKORLIGI

         Mahallalarda o'z faoliyatini boshlagan yoshlar yetakchilari ayni kunda o'zaro hamkorlik asosida ham ko'p xayrli ishlarni amalga oshirishayotir.

         Rovon, Istiqlol va Navobod mahalla fuqarolar yig'inlari yoshlar yetakchilarining hamkorlikdagi faoliyati tufayli mahallalar kesimida jamoalar shakllantirib, fevral oyi yakunida sportning mini-futbol turi bo'yicha musobaqalarga start berilgan edi.

         Qizg'in va qiziqarli kechgan mazkur musobaqalarning final bisqichiga yetib kelgan Rovon mahallasining "A.Temur" jamoasi va Navobod mahallasining "Saxovat" jamoalari o'zaro bellashib, “Saxovat” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

         Musobaqalar yakuniga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda faxrli o'rinlarni egallagan jamoalarga musobaqa tashkilotchilari, tuman prokurori va homiylarning diplomlari, esdalik va qimmatbaho sovg'alari tantanali tarzda topshirildi.

         Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqalar jarayonida viloyat hokimi o'rinbosari Fayzullo Qosimov va Yoshlar ishlari Agentligining viloyatdagi rahbari Muhammadamin G'aniyevlar ham qatnashgan edilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati