Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 215 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'XLIK ONAJONLAR ULUG'LANDI

×

 2022-03-08 14:20:56    100

PDF yuklash
Chop etish


SO'XLIK ONAJONLAR ULUG'LANDI

         So'x tumanida sakkizinchi mart - xalqaro Xotin qizlar kuniga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir barcha ayollar, opa-singillarimiz va mo'nisa qizlarimizni tuman madaniyat markaziga chorladi.

         Tadbirda ishtirok etgan barcha xotin-qizlar So'xlik san'at ustalari va hududlardagi san'at g'unchalari tayyorlab kelgan bayramona chiqishlardan bahramand bo'ldilar.

         Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi.

         - Sux ayolllari deganda eng avvalo, bizning ko'z oldimizga mehnatkash, farzand parvarishida doimiy kamarbasta bo'lgan, o'zini va farzandlarini, oilasining sha'nini uylaydigan ayol siymosi gavdalanadi. Sizlarning oila bekasi sifatidagi mavqeingiz barcha ta'rifga loyikdir. Siz azizlarning duolaringiz meni So'x farzandi sifatida yangi marralarni zabt etishga, aziz So'ximizning rivoji va taraqqiyotiga hissa qo'shishdagi faoliyatimga yangi kuch va g'ayrat bag'ishlaydi. Agar biz aziz So'xliklar bilan birtanu birjon bo'lib yagona maqsad sari intilsak, ko'zlangan barcha niyatlarimizga erishamiz, albatta. Biz mo''tabar So'xlik ayollar, Vatanimizning yuksak mukofotlariga, hamda hukumatimizning e'tirofiga sazovor bo'lgan fidokor onaxonlarimiz nomlarini alohida e'tibor bilan tilga olamiz" - dedi tuman hokimi o'z so'zlari davomida.

         Bu yili O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi hayatining qarori asosida Qal'a mahallasidagi 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida rahbar sifatida fa'oliyat olib borgan Diloromxon Odilova “Mo''tabar ayol” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofot o'z egasiga tuman hokimi tomonidan topshirildi.

         Tadbir davomida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan va namuna ko'rsatgan xotin-qizlarga tuman hokimligi va tumandagi barcha korxona-tashkilot va muassasalar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg'alari taqdim etildi.

         Ona qadrini ulug'laydigan yurt farzandlarimiz, biz uchun ona qadri va uning qiymati barcha narsadan ustundir. Sahnada 9-sonli maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan ona va farzand munosabati haqidagi sahna ko'rinishi barchani yana bir karra fikr qilish va andisha yuritishga undashi tabiiy hol. Hayotiy misollar bilan ko'rsatilgan sahna ko'rinishi barcha zaldagi ishtirokchilar qalbini jo'nbushga keltirdi desak, mubolag'a emas.

         Tadbir san'atkorlarning ko'y-qo'shiqlari, ishtirokchilarning ajoyib raqslari bilan davom etdi. Tuman madaniyat bo'limi mudiri Ilhomjon Abdumajidov tomonidan tayyorlangan quvnoq o'yin g'oliblarni aniqlash va ishtirkorchilar ko'ngliga ko'tarinkilik bag'ishlashga asosiy omil bo'ldi.    

         Iste'dodli san'atkorlar tomonidan ayol zotining, ayniqsa onaning muqaddas va buyukligini ifoda etuvchi ko'y va qo'shiqlar yangradi. Zero, Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, ayolni ulug'lash, oilani, hayotni, Vatanni ulug'lash demakdir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati