YoShLAR YeTAKChILARIGA PLANShETLAR TOPShIRILDI
2022-03-08 14:04:48 183
YoShLAR YeTAKChILARIGA PLANShETLAR TOPShIRILDI
Tumanimizga kelgan Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Fayzullo Qosimov, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Muhammadamin G'aniyev va boshqa mutasaddi idoralar vakkillari ishtirokida tumanimizda o'z faoliyatini boshlagan 27 nafar mahalla fuqarolar yig'inlari yoshlar yetakchilari bilan tuman hokimligi majlislar zalida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o'tkazildi.
Tadbirni boshlab bergan viloyat hokimi o'rinbosari Prezidentimiz tomonidan bugungi O'zbekiston yoshlariga berilgan va berilayotgan e'tibor haqida gapirib, ushbu e'tiborga loyiq bo'lish uchun hamisha intilish lozimligini qayd etdi.
Viloyat hokimi o'rinbosari Prezidentimizning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan islohotlarni hayotga tatbiq etish, qonun asosida yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, haqiqiy Prezident vakili sifatida faoliyat olib borishdek yuksak mas'uliyat tadbir ishtirokchilarining asosi vazifasi etib belgilanganligini qayd etdi.
Fayzullo Qosimov uchrashuv jarayonida mahalallarda faoliyatini boshlab, allaqachon o'z mavqeiga ega bo'layotgan yoshlar yetakchilari bilan savol-javob qildi. Yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalar bo'yicha tushunchaga ega bo'lgan yetakchilar har doim e'tibor markazida bo'lishlarini alohida ta'kidladi.
Viloyat yoshlarining yetakchisi Muhammadamin G'aniyev ham o'z navbatida yoshlar yetakchilariga xos bo'lgan eng zaruriy fazilatlar haqida gapirdi. Yoshlarni o'ziga ergashtira oladigan, ularni muammo va kamchiliklarini biladigan, hal etish yo'llarini qidira oladigan, davlat, hukumat va yoshlar o'rtasida haqiqiy ko'prik bo'la oladigan yoshlargina bu mas'uliyatli vazifaga loiyq ekanligini ta'kidlagan Muhammadamin G'aniyev yoshlar yetakchisi ko'proq kitob o'qish lozimligini alohida qayd etdi.
- Yoshlar ishlari Agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan har oyda Siz yetakchilarga bir donadan turli mavzudagi kitoblar taqdim etib boriladi. Eng avaalo, o'sha kitoblarni o'zingiz o'qib, boshqalarga ham tavisya etasizlar. Bugun Sizlarga Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobini taqdim etamiz. Siz bilan birga ushbu kitobni yana bir nafar yosh o'qisa, bir oyda tumanda 54 nafar yangicha fikrlaydigan yoshlar vakili paydo bo'ladi, - dedi Muhammadamin G'aniyev o'z so'zida.
Tadbir jarayonida barcha yoshlar yetakchilariga ish faoliyati samaradorligini oshirish, qolaversa “Yoshlar daftari”, yoshlar balansini shakllantirish xamda yoshlar portaliga zarur ma'lumotlarni tezkorlik bilan joylashtirib borish maqsadida yangi zamonaviy planshetlar va kitoblar taqdim etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati