YoShLAR ORASIDA JINOYaTChILIKNING OLDINI OLISh MAQSADIDA PROFILAKTIK TADBIR O'TKAZILDI
2022-03-04 19:08:00 123
YoShLAR ORASIDA JINOYaTChILIKNING OLDINI OLISh MAQSADIDA PROFILAKTIK TADBIR O'TKAZILDI
Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yil 19-yanvar kuni qabul qilingan "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-92-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida So'x tumanida ham tizimli ishlar ishlar olib borilmoqda.
Mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta'lim muassasalarida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov va mahalla inspektori Sayidjon Ergashev hamkorligida profilaktik tadbir o'tkazildi. 4-sonli UO'T maktabida tashkil etilgan tadbirda maktab pedagogik jamoasi ham faollik ko'rsatdi.
Tadbir davomida o'quvchilarga darslarni qoldirmaslik, mashg'ulotlar davomida uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik, taqiqlangan buyumlarni o'zi bilan ta'lim muassasasiga olib kelmaslik va maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishlik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati