Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BYuRONING SO'X TUMANIDA OILA YaRAShTIRILDI

×

 2022-03-03 19:12:47    94

PDF yuklash
Chop etish


BYuRONING SO'X TUMANIDA OILA YaRAShTIRILDI

         Byuroning So'x tumani bo'limi tomonidan aliment to'lovchi qarzdorlarning uylariga borib oilasini tiklash va farzandlarini yetimlikda voyaga yetishini oldini olish borasida ma'rifiy va ma'naviy suhbatlar o'tkazilishi natijasida oilalar yarashmoqda.

         Xususan, joriy yilning 3 mart kuni Byuroning ish yurituvida bo'lgan Fuqarolik ishlari bo'yicha So'x tumani sudining 16.07.2021 yilgi qaroriga asosan qarzdor X.I.dan undiruvchi M.Z. foydasiga ikki nafar farzandlarini ta'minoti uchun qarzdorning oylik daromadidan 1/3 qism miqdorida aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijrosini ta'minlash davomida byuro tomonidan qarzdor va undiruvchi bilan o'tkazilgan suhbat va tushuntirishlar sabab, ushbu oila yarashtirilib, farzandlar ota bag'riga qaytishdi va ijro ishi tamomlandi.

 

So'x tumani Majburiy ijro byurosi

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati