JAVPAYaDA YaNGI ISSIQXONALAR PAYDO BO'LMOQDA
2022-03-01 20:00:59 151
JAVPAYaDA YaNGI ISSIQXONALAR PAYDO BO'LMOQDA
Qal'acha mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Javpaya massivida issiqxonalar barpo etish bo'yicha amaliy ishlar ayni kunda jadal pallaga kirgan. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari mutasaddi idoralar rahbarlari bilan bu yerda aholiga tayyorlangan isiqxonalarni berish bo'yicha ish olib borishayotir.
Bugungi kungacha Javpaya massivida 122 ta issiqxona kavlangan va 120 tasi tayyor holatga keltirilgan. Jami 1-sektor hududidan issiqxona olish uchun ariza topshirganlar soni 981 nafarni tashkil etadi. Mahallalar kesimida bu ko'rsatgich Qal'achaga 427 ta, G'aznov mahallasiga 362 ta, Sohibkorga 89 ta va Tul mahallasi hisobiga 63 tani tashkil etadi.
Ta'minotchi korxonalar tomonidan issiqxona qurish tannarxi hisoblab chiqildi va buning uchun issiqxona qurish istagida bo'lgan fuqarolarga talab etildaigan hujjatlar asosida 1 bank ish kunida 33 million so'mgacha kreditlar ajaratib beriladi. Bu bo'yicha tumandagi banklar mutasaddilari aholi bilan uchrashib, kredit ollish shartlarini tushuntirishdi.
Aholiga issiqxonalar tarqatib berish bo'yicha tashkil etilgan shtab a'zosi Fazliddin Dodokarimovning ma'luotiga ko'ra, issiqxonalar 46 nafar fuqarolarga tarqatilgan bo'lib, shundan 5 nafarini yoshlar, 8 nafarini ayollar tashkil etadi. 6 nafar issiqxona olgan fuqaro “daftar”larga ruyixatga olingan.
Mahallalardan olib kelinayotgan unumdor tuproqlar bevosita tumanga safarbar etilgan texnikalar yordamida isiqxonalarga to'kilayotir. Bugun ham tuman hokimi Javpayada bo'lib, ushbu masala yuzasidan aholi bilan uchrashdi va o'ziniing tavsiya va takliflarini berdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati