Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TA’LIMDA LIDERLIK” TRENING KURSLARI BOShLANDI

×

 2022-02-28 20:23:18    111

PDF yuklash
Chop etish


“TA’LIMDA LIDERLIK” TRENING KURSLARI BOShLANDI

         Xalq ta'limi vazirligi tashabbusi bilan A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “ MFaktor” ta'lim markazi bilan hamkorlikda 26-fevral – 2-mart kunlari xalq ta'limi  uchun “Ta'limda liderlik” mavzusidagi trening-kurslarini tashkil etish belgilangan.

         Treningda Xalq ta'limi vaziri  o'rinbosarlari, MFaktor, Yuksalish liderlar akademiyasi, “Eduaction”, “Osmondagi bolalar”, “Najot ta'lim” “Asaxiybooks” spikerlari mashg'ulotlar o'tkazishadi.

         Shuningdek, treninglarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari D. G'aniyev va R. Kusherbayev ishtirok etishlari ko'zda tutilgan.

         Trening mashg'ulotlar 26 fevralь kuni, soat 15.00 da “MFaktor” o'quv markazi binosida boshlangan.

         Vazirlik tomonidan 27,28 fevralь va 1 mart kunlari o'tkaziladigan treninglarda tushlik va kofe-breyk tashkil qilinadi.

         Mazkur treningda So'x tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri Behro'z Huseynov ham qatnashmoqda.

         A. Avloniy nomidagi institut yotoqxonasida 150 kishilik joylar ajratilgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati