BARChANING DIQQAT-E’TIBORI JAVPAYaDA
2022-02-26 17:50:52 119
BARChANING DIQQAT-E’TIBORI JAVPAYaDA
Darhaqiqat, bugun barcha tumanimiz aholisining diqqat-e'tibori Qal'acha mahallasidagi bepoyon kenglik - Javpaya massiviga qaratilgan. Bu hududda asrga tatigulik ishlar amalga oshirilayotir.
Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan tashkillanayotgan bu yangi ekohudud yaqin kelajakda So'xning tashrifnomasi bo'lishiga ishonamiz.
Kelajakka bo'lgan ishonch bugun barcha soha xodimlarini bu yerda mehnat qilishga, sa'y-harakatlar bilan ishlashga undamoqda. Bugungacha Javpaya massivida 120 dan ortiq issiqxonalar barpo etildi.
- Biz Javpaya haqida ijtimoiy tarmoq va televideniye orqali ma'lumotlar olganmiz. Ne baxtki bugun o'z ko'zimiz bilan bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarni ko'rdik. Tumanimiz hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev taklifi bilan ustozlarimiz rahnamoligida biz bugun Javpayaga keldik, - deydi biz bilan suhbatda 18-sonli UO'T maktabining 5-sinf o'quvchilari Madina Sodiqboyeva va Sarviniso Baxtiyorova.
Tuman hokimi shaxsan o'zi talabalarga Javpaya haqida ma'lumot berib, ularni barpo etilgan issiqxonalar tomon yetakladi. Parvarishlanayotgan ziroatlar bilan tanishgan o'quvchilar kavrak o'simligi haqidagi ma'lumotlarga ham ega bo'ldilar.
Tadbir-ekskursiya davomida 18-sonli maktabning 5-sinf o'quvchilari tuman hokimi tomonidan otaliqqa olingani qayd etildi va mazkur sinf talabalariga yangi badiiy adabiyotlar va sport anjomlari taqdim etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati