Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM KUBOGI” EGASI ANIQLANDI

×

 2022-02-05 18:47:18    101

PDF yuklash
Chop etish


“HOKIM KUBOGI” EGASI ANIQLANDI

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi "Mahallarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari  to'g'risida"gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida So'x tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

         Jumladan, kuni kecha So'x tumani hokimligi tashabbusi  bilan Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo'limi, tuman turizm va sport bo'limi hamkorligida Lenbur mahallasining 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida mahallalar o'rtasida voleybol bo'yicha "Hokim kubogi" musobaqalari bo'lib o'tdi.

         Ikki kun davom etgan musobaqalarda 27 mahalladan tashrif buyurgan 24 ta jamoa o'zaro bellashishdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inining "Shodiyev" jamoasi birinchi o'rinni, Tul mahallasining "Tul" jamoasi ikkinchi o'rinni, Lenbur mahallasining "Xolboyev" jamoasi uchinchi o'rinni egaladilar.

         Musobaqa yakunida g'olib bo'lgan jamoalar va eng faol voleybolchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati