Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ChAQALOQ SAVDOSI BU KELAJAKKA TAHDID!

×

 2022-01-31 19:21:33    98

PDF yuklash
Chop etish


ChAQALOQ SAVDOSI BU KELAJAKKA TAHDID!

         Bugungi kunda oramizda farzand ne'matiga beparvolik bilan qarayotgan, buyuk ne'matni qadriga yetmasdan  uni daromad olish manbaiga aylantirib qo'yayotgan kimsalar topiladi.

         Chaqaloq savdosi jinoyatida vositachi sifatida ishtirok etgan har qanday shaxslarga nisbatan jazo tayinlanishi og'ir jinoyatga qo'l urgan shaxslar jazo muqarrar ekanligi aslo yoddan chiqmasligi darkor.

         Chaqaloq o'zining odam savdosi qurboni bo'layotganini, jirkanch kimsalarning daromad manbaiga aylanayotganini anglamaydi, o'zining jabrlanganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bera olishida ojiz shaxsdir.

         Bundan tashqari, odam savdosi jinoyatlari orasida chaqaloq savdosi jinoyati o'zining xavfliligi bilan alohida tusga ega. Biroq, boshqa tarafdan bu juda achinarli holat bo'lib, norasida go'dak odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Aksariyat holatlarda bevosita chaqaloqning onasi tomonidan ushbu mudxish jinoyat sodir etilmoqda.

         Demak, chaqaloq savdosi va umuman odam savdosi jinoyatlarining ildizi, jinoyat sodir etuvchi shaxslarning doiralari juda keng bo'lib, ularga qarshi kurashda kompleks harakatlar, qat'iy jazo choralari hamda insoniy fazilatlar talab etiladi.

         Endilikda bu kabi illatlarga qarshi kurashish va tushuntirish ishlarini olib borish orqaligina chaqaloq savdosidek illatga qarshi kurashish mumkin bo'ladi.


                   U. Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining raisi