Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHA XODIMLARINING BILIM DARAJASI SINOVDAN O'TKAZILMOQDA

×

 2022-01-24 14:32:10    100

PDF yuklash
Chop etish


SOHA XODIMLARINING BILIM DARAJASI SINOVDAN O'TKAZILMOQDA

         2019 yil 7 iyunь kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat ta'lim muassasalari hamda nodavlat ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida" gi qarori qabul qilingan.

         Qarorga muvofiq mazkur tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad attestatsiya ta'lim tashkilotining faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi va ta'lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta'lim standartlari hamda davlat ta'lim talablariga hamda o'quv dasturlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

         So'x tumani Sharqobod mahallasidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida soha mutaxassislarining attestatsiya va akreditatsiyasi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati