QAROR VA IJRO
2022-01-07 15:04:47 181
QAROR VA IJRO
Tumanimizda Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrda qabul qilingan 2661-sonli "2017 — 2021 YILLARDA PAST KUChLANIShLI ELEKTR TARMOQLARINI YaNADA MODERNIZATSIYa QILISh VA YaNGILASh DASTURI TO'G'RISIDA"gi qarori asosida hududlarda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash bo'yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Qarorga muvofiq So'x tumanidagi 11 ta mahalla fuqarolar yig'inida yangi qurilish va modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Qarorda ko'rsatilgan bandlarga muvofiq tumandagi 4,59 kilometr elektr liniyalari yangilanib, 5 ta transformator o'rnatilishi rejalashtirilgan.
85,17 kilometr elektr tarmog'i liniyalari va 22 transformator modernizatsiya qilinishi ko'rsatib o'tilgan.
Ayni kunda tumanimizning 1-sektori hududida joylashgan Sohibkor mahalla fuqarolar yig'inining ichki ko'chalarida davlatimiz rahbarining 2661-sonli qarori doirasida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati