“Soliqchi-tadbirkorga ko'makchi”
2021-12-26 14:23:21 236
“Soliqchi-tadbirkorga ko'makchi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil8-apreldagi 19-sonli videoselektor yig‘ilishida Davlat soliq qo’mitasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda mahalliy ishlab chiqaruvchi kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning mahsulotlarini davlat xaridlari tizimiga keng jalb etish, ularning umumiy xaridlaridagi ulushlarini kamida 2 baravarga oshirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan bo’lib, So’x tumanida Tuman davlat soliq inspeksiyasi “Tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash” sho’basi mas’ul xodimlari hamda tuman G’aznachilik bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda “Soliqchi-tadbirkorga ko’makchi’ tamoyili asosida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyeklari manzillariga tashrif buyurgan holda yoki masofadan turib soliq maslahatlari berilib, tadbirkorlik subyeklarining tovar xom-ashyo birjalaridan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun akredatsiyadan o’tishlarida amaliy yordamlar berilib, mazkur tizimda yartilgan qulayliklar hamda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.
Ma’lumot uchun tovar xom-ashyo birjalaridan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun akredatsiyadan o’tishda openid.uzex.uz saytidan foydalaniladi.
Davlat soliq xizmati tadbirkorlik faoliyatingizning ishonchli hamkori!
A.A.Atayev - So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi
“Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash”sho’basi
davlat soliq bosh inspektori