Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY SOLIQ SUMMASINI TO'LASh TARTIBI

×

 2021-11-22 15:47:21    157

PDF yuklash
Chop etish


IJTIMOIY SOLIQ SUMMASINI TO'LASh TARTIBI

         2021-yil 24-iyul kuni  Vazirlar Mahkamasi tomonidan 460-son “Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to'liq qoplab berish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori qabul qilingan bo'lib, mazkur qarorda  nazarda tutilgan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini (davlar ulushi 50 foiz va undan ortig' bo'lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) qaytarish uchun  So'x tuman davlat soliq inspeksiyasida “Soliqchi-tadbirkorga ko'makchi” tamoyili asosida ishlar tashkil qilingan bo'lib,yuridik shaxslarga 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish bo'yicha maslahatlar berilib, qonunchilikda belgilangan tartibda  to'langan mablag'lar yuridik shaxslarning bank hisob raqamlariga qaytarib kelinmoqda.

         Eslatma! Ish beruvchilarga nisbatan ular tomonidan to'langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish shaklidagi qo'llab-quvvatlash chorasi qo'llanilishi uchun ularning yosh xodimlari quyidagi talablarga mos kelishi shart:

         ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so'ralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan bo'lishi;

         uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to'langanligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi;

         Ish beruvchining arizasini ushbu bandda nazarda tutilgan talablardan boshqa asoslarga ko'ra rad etish taqiqlanadi.

                   A.A.Atayev - So'x tuman davlat soliq inspeksiyasi

                                      “Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash” sho'basi

                                      davlat soliq bosh inspektori