Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 183 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLIS SO’XDA BAYRAM SHUKUHI

×

 2021-09-30 14:33:05    76

PDF yuklash
Chop etish


        1 oktyabr - o’qituvchi va murabbiylar kunini Respublikamizda bayram sifatida nishonlanishi mas'uliyatli soha vakillariga bo’lgan hurmat va yuksak ehtirom ramzidir. Zotan, yangi O’zbekistonning ostonasi maktabdan boshlanadi.

        Bugun So’x tumani madaniyat markazining majlislar zalida ushbu sanaga bag’ishlab tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda soha vakillari, faxriy o’qituvchi va murabbiylar, sohaning yosh vakillari ishtirok etishdi.

        So’x tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tuman XTB tasarrufidagi umumta'lmi maktablari faol o’qituvchilari, maktab direktorlari va maktabgacha ta'lim bo’limi mutasaddilari ham qatnashdi.

        Tadbirda so’z olgan ishtirokchilar Respublikamizda davlatimiz rahbari rahnamoligida xalq ta'limi sohasiga berilayotgan e'tibor, maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bugun o’z natijalarini berayotgani bilan ham ahamiyatli ekanini ta'kidladilar.

        Sohaning faxriy vakillari ham Prezidentimiz tomonidan ta'lim-tarbiya va o’qituvchi kasbiga nisbatan berilayotgan e'tiborni alohida qayd etishdi.

        - Muallim shaxsi bugun davlat tomonidan munosib rag’batlantirilmoqda. O’qituvchilar oyligining oshib borishi ushbu mashaqqatli kasb egalariga bo’lgan ehtirom nishonasidir. Bugungi muallimlar berilayotgan barcha e'tibor va g’amxurliklardan ro’h olib, ertangi porloq kelajakni barpo etadigan barkamol avlodlarni voyaga yetkazishlari kerak. Bu davr va zamon talabi va taqozosidir, - dedi o’z so’zida faxriy o’qituvchi, yuz bilan yuzlashgan, Prezident e'tiboriga tushgan shoir otaxon Subhiddin Sharofiddinov.

        Tadbir davomida bir guruh mehnat faxriylari, XTB va MTT faol vakillariga tuman hokimligi va tashkilotchilarning esdalik va qimmatbaho sovg’alari, faxriy yorliqlari topshirildi.

        Bayram tadbiri yosh san'at g’unchalarining kompozitsion chiqishlari bilan davom etdi. Sahna uzra namoyish etilgan mahorat namunalari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram