SO’X TUMANIDA 18 TA OB'EKT QURILMOQDA
2021-09-29 14:13:13 142
Xabaringiz bor, Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi sel yo’lida ayni kunda davlatimiz e'tibori asosida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilyapti.
Bunday ishlar Guliston va Rovon mahalla fuqarolar yig’inlarida ham olib borilmoqda. Barcha inshootlar “Mumtoz Metall montaj” MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilayotir.
Sel yullarini mustahkamlash ishlariga jami bo’lib 4 milliard 342 million 700 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan.
Eslatib o’tamiz, ayni kunda tuman hududida 18 ta ob'ekt qurilishi davom etmoqda va mazkur inshootlar qurilishi uchun davlatimiz tomonidan 59 milliard 592 million so’m mablag’ berilgan. Bu ham albatta So’x tumaniga davlat tomonidan bo’lgan yuksak e'tibor namunasidir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram