Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUAMMOLAR BARTARAF ETILYAPTI

×

 2021-09-24 13:13:35    133

PDF yuklash
Chop etish


        Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini muammo va kachmliklaridan doimiy xabardor bo’lish, ularning holidan xabar olish va ularga moddiy-ma'naviy ko’mak berish orqali hayotga bo’lgan ishonchini kuchaytirish va haqli roziligiga erishish maqsadidagi amaliy ishlarni tashkil etish bugungi rahbarning asosiy vazifasi sanaladi. Zotan, inson aziz va uning manfaati barcha narsadan ustundir.

        Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Chashma mahallasida bo’lib, mahalladagi namunaviy uy-joylarda istiqomat qiladigan aholi bilan uchrashdi. Barchamizga ma'lumki, bunday uy-joylar kam ta'minlangan, ijtimoiy kumakka muhtoj aholi qatlamiga subsidiya asosida berilgan. 

        Tabiiyki, bu hududda yashaydigan aholiningg muammosi yo’q emas, bor. Tuman hokimiga fuqarolar asosan suv, gaz ta'minoti bo’yicha murojaat etishdi va orada moddiy kumakka bo’lgan ehtiyojlar borligi ham aniqlandi.

        Dilshoda Tohirova ham ushbu xonadonlarning birida yashaydi va boquvchisini yo’qotganligi bois, xonadon ta'mirida qiynalmoqda. Tuman hokimi tashabbusi va ko’rsatmasiga binoan mazkur fuqaro xonadonining ta'mirtalab qismida ustalar tomonidan ishlar boshlab yuborildi.

        Aniqlangan boshqa kamchilik va mmuammolarni bartaraf etish bo’yicha "Yo’l xaritasi" ishlab chiqildi. Tegishli idora va korxonalar rahbarlariga bu bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram