Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHARQOBOD MAHALLASIDA YANGI DAVLAT MTT TASHKIL ETILDI

×

 2021-09-22 09:38:06    81

PDF yuklash
Chop etish


        Tumanimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovini ko’paytirish, shu bilan birga MTTlar sonini oshirish ushbu ta'lim-tarbiya makonlarida sifat darajasini oshirishni taqozo etmoqda.

        Aytish lozimki, tumanimizda bu yo’nalishda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni 3-sektor hududidagi Sharqobod mahalla fuqarolar yig’ini misolida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin.

        Mahallada bugun yangi davlat MTTi qad rostladi. Endilikda eski tarbiya maskani o’rnida yangi zamonaviy, barcha sharoitlarga ega bo’lgan bog’cha bo’y cho’zib turibti.

        Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotini rekonstruktsiya qilish uchun davlatimiz tomonidan 3 milliard 600 million so’m mablag’ yo’naltirildi. Rekonstruktsiya ishlari tumanimizdagi "Al-Behro’z" MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirildi.

        MChJ mutasaddilarining ma'lumotiiga ko’ra, mazkur yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti yaqin kunlarda o’z egalariga topshiriladi. Aytish mumkin, ushbu yangi va barcha qulayliklarga ega tarbiya maskani Sharqobodliklarga haqiqiy bayram sovg’asidir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram