FUQARO MUROJAATI QANOATLANTIRILDI
2021-09-16 16:53:03 118
Davlat xizmatlari Agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari ishtirokida Devayron mahallasida bo’lib o’tgan sayyor qabulda mahallada yashovchi fuqaro Farahnoz Boboasho’rova kam ta'minlangan oiladan ekanligi va o’zini o’zi band qilish maqsadida tikuv mashinkasi olishda qiynalayotganini ta'kidlab, ushbu masalada amaliy yordam so’rab murojaat etgan.
So’x tumani davlat xizmatlari markazi boshlig’i Muxtor Saidahmadov va mazkur idora vakillari ishtirokida fuqaro Farahnoz Boboasho’rovaga zamonaviy tikuv mashinkasi yetkazib berildi. Masalasi tez kunda hal bo’lgan Farahnoz bunday e'tibor uchun o’zining cheksiz minnatdorligini bildirib, endilikda ushbu taqdim etilgan mashinka bilan sevimli kasbini davom ettirishini qayd etdi.
- Murojaatimni tez kunda hal etilishiga rosti, ishonmasdim. Bunday e'tibor va rag’bat uchun viloyat davlat xizmatlari Agentligi mutasaddilariga o’zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi Farahnoz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram