YANGI 2021-2022 O’QUV YILI BOSHLANDI
2021-09-06 10:48:02 172
Tumanimizning 1-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida 2021-2022 o’quv yili boshlanishi munosabati bilan "Birinchi qo’ng’iroq" tadbiri bo’lib o’tdi.
Barcha maktab jamoasini tabriklab, tuman hokimi bu yili davlat dasturi asosida mazkur ta'lim dargohida rekonstruktsiya ishlari boshlab yuborilgani haqida gapirib, qilinayotgan barcha ishlar Prezidentimiz e'tibori asosida amalga oshirilayotganini ta'kidladi. Bu ishlarga davlat byudjeti hisobidan 4 milliard 430 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.
- Berilayotgan e'tiborga javoban biz har doim faol bo’lishimiz, bilim va kasb cho’qqilarini egallashda har doim intilishimiz va harakat qilishimiz lozim, zero Vatanning ertangi porloq kelajagi Sizlarning qo’lingizda, - dedi tuman hokimi tadbir davomida.
Tadbirda 1-sinf o’quvchilariga Prezidentimiz sovg’alari tuman hokimi tomonidan taqdim etildi. So’ng "birinchi qo’ng’iroq" sadolari ostida barcha o’quvchilar jonajon sinfxonalar tomon yo’l oldilar.
Ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor mahalla ahli va o’quvchilaring ota-onalari bilan ham tadbirdan so’ng qizg’in so’hbatlarda davom etdi. Shuningdek, tuman hokimi maktab pedagogik jamoasi bilan birgalikda sinfxonalarda tashkil etilgan birinchi dars jarayonarlarini ko’zdan kechirdi. O’quvchilar bilan o’tkazilgan so’hbat, savol va javob jarayonlarida ularning bilim darajasi imtihondan o’tkazildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram