Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA “IMTIYOZDAN FOYDALANISH UCHUN SO’X TUMANI PROPISKASINI OLGAN ABITURIYENTLAR BORLIGI ANIQLANDI” RUKNI OSTIDA E'LON QILINGAN XABARLAR YUZASIDAN SO’X TUMANI HOKIMLIGINING RASMIY BAYONOTI

×

 2021-08-27 11:16:35    94

PDF yuklash
Chop etish


     Barchamizga ma'lumki, So’x tumani Respublikamizning eng chekka va anklav tumani hosiblanadi va o’ziga xos jug’rofik ahamiyatga ega hududlardan biridir. Tumanga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, So’xda barcha sohalarda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilmoqda.

        Birgina 2020-2021 yil o’quv yili uchun Prezidentimizning 2020 yil 12 iyun kuni qabul qilingan qarori asosida  oliy ta'lim maktablariga kirish uchun ajratilgan 500ta kvota So’x tumani yoshlarining cheksiz xursandchiligiga sabab bo’ldi, chunki bu imtiyoz tuman yoshlari uchun tarixiy ahamiyatga egaligi bilan ham ahamiyatlidir.

        Mazkur tarixiy hujjatni qabul qilishdan asosiy maqsad So’x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, istiqbolda mazkur hududning iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan ta'minlashdan iborat ekanligi qabul qilingan qarorda ko’rsatib o’tilgan.

        O’zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 2 iyuldagi 1-sonli bayoniga asosan 2021-2022 o’quv yilida respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta'lim shakli bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko’rsatgichlari doirasida sog’liqni saqlash va xalq ta'limi sohasida oliy ma'lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo’lgan hudular uchun qabul parametrlari taqsimoti doirasida So’x tumani uchun ham sog’liqni saqlash sohasiga 17 ta va xalq ta'limi sohasiga 36 ta o’rin ajratilgan.

        Joriy yilda So’x tumani tashkil etilgan test sinovlarida 1758 nafar abiturentlar test sinovlarida ishtirok etishgan. Test imtihonlarini topshirish jarayonlari bu yili ham tumanning o’zida tashkil etildi. Bu ham albatta, So’x tumani aholisi va ayniqsa, yoshlari uchun yaratib berilgan qulay sharoitlar nishonasidir.

        Biroq, So’x tumaniga kvota ajratilishi natijasida ko’plab boshqa shahar-tumanlardan abituriyentlar doimiy yashash manzilini So’x tumaniga ko’chirish hisobiga mazkur berilgan imtiyozlardan foydalanishga o’rinishlar kuzatildi va bu So’xlik yoshlar va ularning ota-onalari noroziligiga sabab bo’lmoqda.

        Ushbu masala bo’yicha So’x tumani hokimining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktoriga yo’llagan xatidan asosiy talab O’zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 2 iyuldagi 1-sonli bayonida ko’rsatilgan imtiyozdan maqsadli foydalanishdan iborat. Chunki So’x tumanida tibbiyot xodimlariga talab yuqori bo’lganligi va ayni kunda tuman tibbiyot birlashmasida yuqori malakali shiforkorlarga bo’lgan ehtiyoj ortib borayotganligi bois, bevosita So’x tumani yoshlari mazkur kvotalardan foydalanish maqsadida tibbiyot oliygohlariga hujjat topshirgan. Biroq, dastlabki ma'lumotlarga ko’ra, boshqa shahar-tumanlardan kelib So’x tumaniga doimiy yashash manzillarini o’zgartirgan va test imtihoni jarayonlarida ishtirok etgan abituriyentlar borligi aniqlangan.

        Albatta, har bir fuqaro mamlakat ichida qonun doirasida o’zi yashab turgan manzilini o’zgartirishiga haqli hisoblanadi. So’x tumani hokimligi boshqa viloyat va shaharlardan kelib So’x tumaniga yashaydigan fuqarolar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. Boshqa shahar-tumanlardan kelib, doimiy yashash manzillarini So’x tumaniga qo’yib, imtiyoz tarzida berilgan kvotalardan foydalangan talabalar oliy maktabni bitirgach, So’x tumanida, tuman aholisi salomatligi saqlashda o’z xizmat vazifalarini davom ettirishsa, katta ahamiyatga ega bo’lar edi. Lekin masalaning bu jihatiga hech kim kafolat bera olmaydi.  

        Ayni damda tuman hokimligi tomonidan tegishli idoralar bilan birgalikda ushbu masalaning qonuniyligi bo’yicha zaruriy chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram