Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKA VAKILLARI VA VAZIRNING O’RINBOSARI SO’X TUMANIDA (BIRINCHI KUN TAASSUROTLARI)

×

 2021-08-26 14:51:58    97

PDF yuklash
Chop etish


     So’x tumani, barchamizga ma'lumki, Respublikamizning eng chekka va olis hududi hisoblanib, o’ziga xos jug’rofik xususiyatga ega ekanligi bois, davlatimiz hukumati va bevosita mo’htaram Prezidentimiz e'tiboridagi tuman hisoblanadi. Berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, bugun tumanda hayot jo’shqin. Tuman aholisi yangi O’zbekiston barpo etish yo’lida astoydil olg’a intilmoqda.

        Tumanga tashrif buyurgan har inson borki, uning go’zal tabiati, mehnatsevar insonlari va o’zaro hurmat-izzat, mehr-oqibat fazilatlaridan bahramand bo’lishadi. So’xga tashrif buyurgan Respublika ishchi guruhi ham ana shunday ko’tarinki kayfiyatda uch kun davomida xalq bilan muloqot qilishdi, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralaridan voqif bo’lishdi, tumanning siymosi kundan-kunga o’zgarib borishini o’z ko’zlari bilan ko’rib, yana katta taassurotlar bilan Vatanimiz markaziga qaytishdi.

     - O’tgan salkam bir yil davomida So’x tumanidagi ulkan o’zgarishlarni ko’rib, rosti hayron qoldim. Mo’htaram Prezidentimiz e'tiboridan bahramand bo’layotgan tuman ahli bunday islohotlardan mamnun va minnatdor. Aytish mumkin, muammolarimiz hali bor, lekin ularni sabr bilan, tamkin va tavoze bilan, birgalikda hal etamiz. Asosiysi, halqning kayfiyati ko’tarinki, ertangi kunga bo’lgan ishonch mustahkam bu jannatmakon go’sha xalqining qalblarida, - deydi biz bilan so’hbatda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari, tibbiyot fanlari doktori E. E. Bositxonova.

     Tumanda uch kun davomida mehmon bo’lgan “Demokratiya va inson huquqlari” instituti, “Zamin” xalqaro Fondi, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakillari So’xliklar bilan dastlab tuman madaniyat markazida bo’lishdi, Hushyor, Qaqir, Sebzor, Qal'a, Guliston, Tul va Sohibkor mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif  buyurib, bevosita aholi bilan, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bilan muloqot qilishdi. Ko’pgina muammo va kamchiliklar o’rganildi, turli savollar bilan murojaat etgan fuqarolarga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Hududlarda olib borilgan islohotlar guvohiga aylangan mehmonlar amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va yangilanishlarni o’z ko’zlari bilan ko’rishdi. 

     - Darhaqiqat, uch kun davomida tuman aholisi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bilan uchrashuvlarda ularni qiynayotgan muammo-kamchiliklarni o’rgandik, bevosita muloqot davomida fuqarolar ko’zlaridagi hayotga bo’lgan chanqoqlik va intilishni ko’rdik, mehnatkash xalqning mehmonnavozligi yana bir karra bizni lol qoldirdi, tuman savdo rastalari va bozoridagi to’kin-sochinlik, farovonlik, yon qo’shnilar bilan o’zaro hamkorlik va do’stona munosabatlarga razm solib, bu ko’hna zaminda hayot bardavom ekanligiga amin bo’ldik, - deya “Zamin” xalqaro Fondining vasiylik Kengashi raisi o’rinbosari Lola Saidova bizga yuzlandi. 

        Ish joyi bilan ta'minlash masalasi, aholini o’zini o’zi band qilish orqali ularga munosib daromad manbaiga ega bo’lish uchun sharoitlar yaratib berish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan islohotlarni So’x tumani misolida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. Bu mavzu bo’yicha Sizga batafsil ma'lumot berib o’tamiz...

                  So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram