SO’XDA YANGI BINO FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2021-07-23 18:09:36 137
Bugun So’x tumanida yangi zamonaviy inshoot foydalanishga topshirildi. Tuman bandlikka ko’maklashish markazi binosining foydalanishga topshirish murosimida viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev ishtirok etdi.
Mazkur binoning taqdimot marosimida ishtirok etib so’z olganlar Respublikamizda aholini ish bilan ta'minlash, ayniqsa, yoshlar bandligini ta'minlash, o’quv kurslari orqali aholini tadbirkorlikka jalb etish, xotin-qizlarga mehnat qilish uchun zaruriy shart-sharotilar yaratib berish, ishsiz fuqarolarni o’zini o’zi band qilish orqali bandligini ta'minlash, xullas fuqarolarga mehnat qilish va daromad manbaiga ega bo’lishlari borasida bunday markazlar faoliyati katta ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlashdi.
Bino qurilishida mehnat qilgan quruvchilarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Shuningdek, turli o’quv kurslarida tahsil olib, sertifikatga ega bo’lgan yoshlar va xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlash uchun kerakli asbob-uskuna va dastgohlar taqdim etildi.
"Mirzoqurbon" MChJ tomonidan qurilgan mazkur yangi inshootga davlat tomonidan 1 milliard 700 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, markaz ishchi-xodimlariga barcha sharoitlar yaratib berilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram