MAHALLADA SAYYOR QABUL
2021-06-10 18:25:11 162
Deputat xalq vakili, xalq namoyondasi. Halq va saylovchilar manfaatini ko’zlaydigan, haqiqatan ham xalq dardi bilan yashaydigan inson. Zotan, deputat har doim xalq bilan bo’lishi, halq bilan hamnafas bo’lib, faoliyat yuritishi lozim.
Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi, “Adolat” SDP tomonidan saylangan deputat Subhonali Nishonovni ayni xalqparvar rais va deputat desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Tuman Kengashi qoshidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa instutlari masalalari buyicha” komissiyasining raisligi zimmasiga yuklatilgan. Mahallada tashkil etilgan sayyor qabulda Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilgan 4798-sonli qarori bo’yicha atroflicha fikr almashildi.
Saylovchilar bilan tashkil etilgan sayyor qabulda So’x tuman Kengashi kotibiyat mudiri, O’zbekiston Respublikasi bosh vazir qabulxonasi mudiri Masudjon Jumayev, So’x tuman hokimining birinchi o’rinbosari Mamarjon Botirov, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i vazifasini bajaruvchi Rasuljon Mirsaidovlar ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda Hazrati Ali okrug saylovchilari hududdagi mavjud kamchiliklar haqida o’z fikrlarini asoslar orqali bayon etishdi. Tadbir davomida mahalla deputati hamda mas'ullar ishtirokida murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib mavjud kamchilik va muammolar o’rganildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram