92 NAFAR YOSHLARGA DAROMAD MANBAI YARATIB BERILDI
2021-05-30 12:11:53 181
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 aprel kungi “Moddiy yordam va ko’makka muhtoj oilarlarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo’llab-qo’vvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 250-sonli qarori asosida viloyatimizning chekka tumani, purviqor tog’lar bilan o’ralgan go’sha – So’xda ham arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar bandligini ta'minlash va ularga munosib daromad manbai yaratib berishdek amallar bugun o’zining ijobiy natijasini bermoqda. Tuman hokimligi binosi oldida tashkil etilgan tadbirga ham asosan “YoShLAR DAFTARI”dagi fuqarolar, doimiy ish joyiga ega bo’lmagan yoshlar, ijtimoiy, moddiy—ma'naviy kumak so’rab murojaat etgan xotin-qizlar taklif qilindi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 250-sonli qaroriga asosan maxsus tartib tasdiqlangan va mazkur tartibdan kelib chiqib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 92 nafar ishsiz yoshlarga, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o’zini o’zi band qilishga zarur bo’lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari hisobidan yetkazib berildi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, qilinayotgan barcha ishlar yoshlar manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatli ekanligini ta'kidladi. Tadbirda 20 nafar yoshlarga motokultivator (10 dona) va o’simliklarga ishlov berish apparati (10 dona), 13 nafar xotin-qizlarga tikuv moshinasi, 54 nafar ishsiz yoshlarga mikro-pech apparati, 4 nafarga temir metallarga ishlov berish (svarka) apparati va yana 1 nafarga avtomobillarni yuvish (karcher) dastgohi topshirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram