YOSH HADISSHUNOSLAR BELLASHUVI
![](https://soh.uz/uploads/bot/98693bd164355997d6ef5.jpg)
2021-05-01 12:34:14 106
![](https://telegra.ph/file/98693bd164355997d6ef5.jpg)
Avval xabar berganimizdek, Respublika ma'naviyat-ma'rifat markazi So’x tumani bo’linmasi tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o’rganish hamda kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida tuman hokimligi, tuman bosh imom-xatibi va tuman xalq ta'limi bo’limi hamkorligida “Imom Buxoriy izdoshlari” nomli hadisxonlik ko’rik-tanlovi e'lon qilingan bo’lib, tuman madaniyat bo’limida mazkur tanlovning yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.
![](https://telegra.ph/file/32846c70c4fe42d6ab75d.jpg)
Tanlovda tumanimizning UO’T maktablaridan 5-11 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi va yakuniy bosqichda har bir ta'lim muassasasidan 1 nafar g’olib bo’lgan ishtirokchining bilim darajasi hakamlar hayti tomonidan sinovdan o’tkazildi.
Tanlov natijasiga ko’ra, o’g’il bolalar o’rtasida birinchi o’rin 25-sonli UO’T maktabi o’quvchisi Umedjon Mirsaidovga nasib etdi. Ikkinchi o’rinni 21-sonli maktab o’quvchisi Shohrux Mamarizoyev egalladi. 1-sonli IDUM o’quvchisi Dilshux Subhiddinov tanlovning uchinchi o’rinini egallashga muvaffaq bo’ldi.
![](https://telegra.ph/file/260baa609022cd4786da9.jpg)
![](https://telegra.ph/file/98e5d2634e429dfb1546c.jpg)
Qizlar o’rtasidagi bahslarda esa, g’oliblik 1-IDUM talabasi Durdona Abdullayevaga nasib etdi. 22-sonli UO’T maktabi vakili Munira Vahobova va 18-sonli ta'lim muassasasi o’quvchisi Ziyoda Davronbekovalar ikkinchi va uchinchi o’rin sohibalari bo’lishdi.
![](https://telegra.ph/file/3c8fa2449a8b71fc21f8f.jpg)
Tanlov g’olib va sovrindorlariga tashkilotchilarning esdalik va qimmabaho sovg’alari barobarida “Qur'on” kitobi ham taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram