BUYUK AJDODLARGA EHTIROM
![](https://soh.uz/uploads/bot/978131c2e85bc1ac06c3d.jpg)
2021-04-06 17:05:21 90
![](https://telegra.ph/file/978131c2e85bc1ac06c3d.jpg)
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan So’xning Soybozor mavzesida tumanda yashab, umrguzaronlik qilgan Vatanimizning fidoyi farzandlariga nisbatan ehtirom ko’rsatish, yoshlar qalbida ushbu insonlarga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otish, Ulug’ Vatan Urushi qahramonlari nomlarini abadiylashtirish maqsadida "Xotira va g’alaba" bog’i tashkil etilayotir.
![](https://telegra.ph/file/6baa0d693f20eed7db0a4.jpg)
- Bu xayrli ishga barchamiz belni mahkam bog’lab kirishishimiz lozim, zero Vatan qahramonlari nabalki So’xning, balki butun Vatanimizning faxri-iftixoridir. Ularga bo’lgan mehr-muhabbat va muqaddas xotiralariga bo’lgan ehtirom har birimizda mujassam bo’lishi lozim, - dedi tuman hokimi ushbu mavzeda olib borilayotgan ishlarni o’rganish chog’ida. Bu xayrli ish va hashar yo’li bilan tashkil etilayotgan qadamjoda ishlar qizg’in davom etmoqda. Ayni damda tuman obodonlashtirish idorasi ishchi-xodimlari Soybozor tozaligiga o’z hissalarini qo’shishmoqda.
![](https://telegra.ph/file/3057b972248f6f36e4d7b.jpg)
![](https://telegra.ph/file/429f02c0e1a6fae3b63ac.jpg)
Hududdagi qurilgan, biroq, ayni kunda qarovsiz qolgan dam olish maskanlari tuman hokimi o’rinbosarlari tomonidan ta'mirlanadigan bo’ldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram