O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT, JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSLARIGA HAMDA MA'MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKSIGA KIRITILGAN O’ZGARTISH VA QO’SHIMCHALAR
2021-03-30 08:52:04 199
O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 fevraldagi “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi 673-sonli Qonunining 1-moddasiga asosan Jinoyat kodeksiga quyidagi qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi:
1) 17-moddaning to’rtinchi qismi “1271” raqamidan keyin “1281” raqami bilan to’ldirildi;
2) quyidagi mazmundagi 1281-modda bilan to’ldirildi:
“1281-modda. O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoxud uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish
O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxsning o’n sakkiz yoshga to’lmaganligi aybdorga ayon bo’lgani holda, unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g’ayritabiiy usulda qondirish, -
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
3) 1482-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “xuddi shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo’llanilganidan keyin” degan so’zlar chiqarib tashlandi;
4) 2161-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirildi:
“O’sha harakatlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo’lsa, -
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
5) 246-modda birinchi qismining o’zbekcha matnidagi “kuchli ta'sir qiluvchi zaharli” degan so’zlar “kuchli ta'sir qiluvchi, zaharli” degan so’zlar bilan almashtirildi.
Qonuning 2-moddasida Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi:
1) 345-moddaning beshinchi qismidagi “216, 217, 222-moddalarida” degan so’zlar “216-moddasida, 2161-moddasining ikkinchi qismida, 217, 222-moddalarida” degan so’zlar bilan almashtirildi;
2) 3812-modda birinchi qismining 1-bandida:
“128-moddasi birinchi qismida” degan so’zlardan keyin “1281-moddasida” degan so’zlar bilan to’ldirildi;
“214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida» degan so’zlardan keyin “2161-moddasi birinchi qismida” degan so’zlar bilan to’ldirildi.
Qonuning 3-moddasida Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 51-moddasining ikkinchi qismi, ya'ni: “Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo’lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi” degan so’zlar chiqarib tashlandi.
Shuningdek Qonuning 4-moddasida davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta'minlanishi nazarda tutilgan.
X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo’yicha
Farg’ona tuman sudining sudyasi
J.Xaydarov - Jinoyat ishlari bo’yicha
Farg’ona tuman sudining
devonxona mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram