SO’XLIKLARNI SUDI TUGADI VA ULAR PREZIDENTIMIZ MEHRIBONCHILIGIGA KO’RA KECHIRILDI
2021-03-18 20:06:52 135
Xabaringiz bor So’xda chashma buloq suvini talashish oqibatida ommaviy tartibsizliklar sodir etilgan edi. Ushbu ish yuzasidan eslatish joizki 2020 yilni noyabr oyida jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona viloyati sudida shu voqealar yuzasidan 22 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat ishi qo’zg’atilgan edi.
Bugun muhtaram Prezidentimizni olib borgan oqilona siyosati tufayli ushbu shaxslar qamoq jazosidan ozod etilib bari kechirildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan insonparvarlik kuchli ijtimoiy siyosati mana shunday shaxslarni ham kechira olishga bir isbot desak yanglishmagan bo’lamiz. Bugungi Yangi O’zbekistonning qonunlari axolini qamashga yoki ularni jazolashga emas balki Ularni tarbiyalash bilan birga mana shunday insoniy ezgu harakatlarni amalga oshishiga ham sabab bo’lmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram