E'TIBOR
![](https://soh.uz/uploads/bot/718dd6c3c82bcf03e1d48.jpg)
2021-03-15 17:07:28 120
![](https://telegra.ph/file/718dd6c3c82bcf03e1d48.jpg)
Respublikamizda barkamol avlod, bolalarimiz kelajagini ko’zlab amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini bugun chekka hududlarda ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. So’x tumanida bu yo’nalishda arzirli ishlar amalga oshirilayapti. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 755-sonli qarori asosida Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini hududiga bolalar sog’lomlashtirish oromgohi qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, bu ezgu maqsad uchun 4,90 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
![](https://telegra.ph/file/4c469152ee7bd265d00cd.jpg)
"Bugungi kunda qurilish ishlarini boshlash uchun loyiha-smeta hujjatlari tayorlanmoqda va tez kunlarda qurilish ishlari boshlanadi", - deya xabar beradi tuman hokimligi qurilish ishlari bo’yicha bosh mutaxassisi Oxonjon Oxonjonov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram