Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 288 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAYYOR AMBULATORIYA” CHEKKA HUDUDLARDA

×

 2021-03-04 18:48:59    101

PDF yuklash
Chop etish


     Tumanimizda Prezidentimizning 6110-sonli Farmonini ijro etish va tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni amalda tatbiq etish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Aytish lozimki, chekka hududlarda istiqomat qiladigan aholi holidan xabar olish, ularga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

        So’x tumani tibbiyot birlashmasi rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan “sayyor ambulatoriya” bugun tumanimizning chekka hududida joylashgan mahalla – Sharqobod mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurdi. – Bunday chekka hududlarga tashrif buyurishdan asosiy maqsad – aholi, ayniqsa, keksa otaxon-onaxonlar, nogironligi bor vatandoshlarimiz va tibbiy muassasalarga bora olmaydigan fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish va ularga malakali xizmat ko’rsatishdan iborat. O’tgan hafta bir guruh shifokorlarimiz Malbut mahallasiga xizmat ko’rsatishgan edi, - deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh hakimi Ilhomjon Mallayev.

        Shuningdek, shifokorlar mahallada uyma uy yurib, bemorlarga va xastalik yostig’iga mixlanib qolgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko’rsatishdi. Kardiolog, nevropatolog, ginekolog, terapevt, xirurg kabi mutaxassislar fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazib, maslahatlar berishdi. Bundan tashqari, 20 nafardan ortiq fuqarolar UZI dastgohi tekshiruvidan o’tkazilib, ularga mutaxassislar tomonidan davolanish bo’yicha tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat