SO'X TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING MA’LUMOTI
2021-02-17 19:05:18 153
SO'X TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING MA’LUMOTI
2021 yil 15 fevralь kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Mas'ullarning e'tibor qaratishiga ishonamiz” ruknni ostida So'x tumani Demursad mahalla fuqarolar yig'ini nomsiz ko'chalardan birining holatining ayanchli ahvoli tasvirlangan.
Mazkur ko'cha Daxma ko'chasining davomi bo'lib, piyoda yurib bo'lmasligi va aholi gaz quvuri ham tez kunlarda birovning ustiga tushib ketishidan xavotirda ekanligi tavsirlangan. Maqola muallifining yozishicha, gaz quvurlarini aholi tomonidan joyiga qo'yib qo'yish uchun gazlashtirish idorasidan mutasaddilar ruxsat bermagan.
Mazkur holatni o'rganish va muammoni bartaraf etish bo'yicha tuman gazlashtirish idorasi vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, mazkur mahallaga safarbar etildi va “Hududgaz” Farg'ona GTF “So'xtumangaz” bo'limi bosh muhandisi Burhon Mirzoboyevning ma'lumotiga ko'ra, gazlashtirish bo'limi mutaxassislari tomonidan Demursad mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi avariya holatidagi gaz quvuri tiklandi.
Shuningdek, tuman obodonlashtirish bo'limi bosh muhandisi Habibullo Musoyevning ma'lumotiga ko'ra, mazkur ko'cha ushbu idora balansida bo'lib, mahalla raisi Bekzod Abdumuhamedovning so'zlariga asosan haqiqatan ham mazkur ko'chaning ahvoli juda ayanchli. Ko'chani ta'mirlash masalasini mahalla raisi – “Aholini ichimlik suvi bilan to'liq ta'minlash maqsadida mazkur ko'chaga o'tgan 2020 yili 76 diametrdagi plastik quvurlar tortilgan. Bu yili har bir xonadonga ichimlik suvi tarmog'i tortiladi. Ichimlik suvi tarmog'i to'liq tortilgandan keyin mazkur ko'cha Davlat Dasturiga binoan ta'mirlanadi”.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati