Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"PROKUROR KUBOGI"GA START BERILDI

×

 2021-01-28 18:41:43    161

PDF yuklash
Chop etish


"PROKUROR KUBOGI"GA START BERILDI

         Tumanimizda sportni rivojlantirish, ayniqsa, bu sohaga yoshlarni jalb etish, hamda yosh sportchilar o'rtasida do'stlik rishtalarini mustahkamlash, Prezidentimizning 6099-sonli Farmonini amalda tatbiq etish maqsadida turli xil spor tadbirlari, bellashuv va musobaqlar tashkil etilayapti. Farmon doirasida mahallalarda ko'cha sportiin rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar ayniqsa, e'tirofga loyiq. Tashkil etilayotgan sport tadbirlari esa, yoshlarni vatanparvarlik ro'hida tarbiyalash, ularda sportga bo'lgan shavq va ishtiyoqni yanada kuchaytirishga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

         Bugun tumanimizda So'x tumani prokurori, ikkinchi sektor rahbari Farhodjon Abduvaliyev tashabbusi bilan yana bir katta sport tadbiriga start berildi. Milliy kurash bo'yicha tashkil etilgan sport tadbirida sportchilar 5 ta vazn kategoriyasida o'zaro bellashadi. G'oliblikni qo'lga kirtish uchun 50-59, 60-69, 70-79, 80-85 va 86 kilogramm vazn toifasidagi kurashchilar maydonga chiqishadi. Kurash maydonida zafar quchgan chempionga “Prokuror kubogi” topshiriladi.

         Sport tadbirining ochilish marosimida ishtirok etib so'z olgan viloyat hokimi o'rinbosari J. M. Hatamov tumanda Prezidentimiz e'tibori doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari haqida alohida to'xtalib, tuman sportchilari, ayniqsa, dongi ketgan polvonlarning milliy kurashning rivojlanishida alohida o'rinlari borligini ta'kidladi.

          Shuningdek, musobaqaning ochilish marosimida so'zga chiqqanlar bolalar sportnini rivojlantirish, shuningdek, sohaga yoshlarni jalb etish yo'lidagi hukumatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rliklar haqida alohida to'xtalib o'tdilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati