Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YoShI ULUG' INSONLARGA VILOYaT HOKIMI SOVG'ALARI TAQDIM ETILDI

×

 2021-01-14 19:59:46    136

PDF yuklash
Chop etish


YoShI ULUG' INSONLARGA VILOYaT HOKIMI SOVG'ALARI TAQDIM ETILDI

         Vatanimiz qudratini yuksaltirishda, uning dunyo hamjamiyatidagi salohiyatini ko'tarilishida minglab insonlarning mehnati, harakati va intilishi mujassam. Shunday insonlarni bemalol Vatan himoyachilari deb atashimiz mumkin. Bu insonlar Vatan sha'ni, obru-e'tiborini himoya qilgan insonlardir.

         Demursad mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi nuroniy otaxon Boboamin Gadoyev butun umrini xalq xizmatiga, tuman qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishga bag'ishlagan insonlardan. Bugun tuman hokimligi tomonidan mana shunday insonlar va front ortida Vatanimiz qudratini  yuksaltirishda mehnat qilgan mehnatakash yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga Farg'ona viloyati hokimining bayram sovg'alari topshirildi. – Bir asrlik umrimda ko'p narsalarni ko'rdim. Ko'pgina voqealar guvohiga aylandim. Lekin bunday dorilomon kunlar, tinch-totuv hayot va farovonlikni aslo ko'rgan emasman. Tashriflaringiz va bunday e'tibordan boshim ko'kka yetdi. Ming rahmat Sizlarga bolalarim. Vatan ravnaqi va taraqqiyoti yo'lida tinmay mehnat qilinglar, aslo kam bo'lmaysizlar, - deya duoga qo'l ochdi otaxon.

         Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida butun umrini ta'lim –tarbiya sohasiga bag'ishlagan onaxon - Noilaxon Nishonova yashaydi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddi idoralar vakillari momo xonadoniga tagshrif buyurib, onaxonga tantanali tarzda viloyat hokimi sovg'asini taqdim etdi. Onaxon bunday tashrifdan xursand bo'lganidan mehmonlarga “Katyusha” qo'shig'ini ko'ylab berdi. Mahalla faoli Aminjon Aminov bunday holatdan ilhomlanib, mehmonlarga harbiy qo'shiqlarni ijro etib berdilar.

         Shuningdek, bunday sovg'alar tumanning 1-sektori hududi, G'aznov mahallasida yashovchi 94-yoshli onaxon Tutibibi Jalolova va Sharqobod mahallasida yashovchi Saodatbonu Rahimovalarga ham topshirildi. Bayram kayfiyati xalqimizni hech qachon tark etmasin.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati