XALQ DEPUTATLARI SO'X TUMANI KENGAShINING SESSIYaSI BO'LIB O'TDI
2021-01-14 19:34:03 134
XALQ DEPUTATLARI SO'X TUMANI KENGAShINING SESSIYaSI BO'LIB O'TDI
Bugun So'x tumani hokimligi majlislar zalida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korxona tashkilotlar raxbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sessiyaga 3-Rovon saylov okrugi deputati Masudjon Jumayev raislik qildi va olib bordi.
Sessiya kun tartibiga uchta masala - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrь kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqib, “Yo'l xarita”si tuzilgan. Har chorak yakuni bilan “Yo'l xarita” ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash sessiyasiga axborot kiritib borish bo'yicha tuman monitoring ishchi guruhini tasdiqlash, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 11 dekabrdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga oid namunaviy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi KQ-161-IV-sonli qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan Kengash Kotibiyatiga mudir tayinlash, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrь kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi hamda bu borada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Narbayevaning ma'ruzasidan kelib chiqib, Kengash hamda Kengash doimiy komissiyalari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar shuningdek Davlat tili to'g'risidagi qonun ho'jjatlari talablariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari So'x tuman Kengashi, tuman hokimligining yangi namunadagi rasmiy ish ho'jjatlari (blankalari)ni tasdiqlash masalalari qӯyilib, deputatlar tomonidan muhokama etildi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sessiya ishtirokchilari tuman hokimining birinchi o'rinbosari Ma'murjon Botirovning ma'ro'zasini tinglashdi. Ta'kidlandiki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yo'llagan bu yilgi Murojaatnomasi o'z qamrovi, ahamiyati va tegishliliga ko'ra oldingilaridan tubdan farq qiladi. Birinchidan, bu yilgi Murojaatnoma nafaqat Oliy Majlisga, balki oliyjanob xalqimizga qarata yo'llandi, ikkinchidan, Murojaatnomada butun dunyoning 2020 yildagi umumiy qiyofasi gavdalantirildi, uning mavjud holati ochib berildi, uchinchidan, Murojaatnoma qamrab olgan masalalar yuzasidan berilgan takliflarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari ham ko'rsatib berildi, to'rtinchidan, Murojaatnomada mamlakatimiz davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot va boshqa sohalarda joriy etilishi lozim bo'lgan yangi institutlarning yaratilishi uchun zamin hozirlandi.
Shuning uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bu yilgi Murojaatnomasi ham iqtisodiy-ijtimoiy, ham siyosiy, ham huquqiy jihatdan e'tiborga loyiq, barcha o'qib-o'rganishi muhim bo'lgan, shuningdek aholi o'rtasida keng targ'ib qilinishi zarur bo'lgan hujjat hisoblanadi.
Shundan so'ng, kun tartibidagi navbatdagi masala - tuman Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tuman Kengashi deputatlari orasidan munosib nomzodni tanlash masalasi muhokama etildi. Muhokama jarayonida deputatlar faol ishtirok etib, tavsiya etilayotgan nomzodlar yuzasidan o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Sessiyada 3-Rovon saylov okrugi deputati Masudjon Jumayevning nomzodi tuman Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tasdiqlandi.
Sessiya davomida kun tartibining navbatdagi masalasi deputatlar tomonidan muhokama etildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010 yil 30 dekabrdagi 154-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining Namunaviy reglamentining 64-moddasida doimiy komissiyalar o'z faoliyatini xalq deputatlari Kengashi qarori bilan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida amalga oshirishi belgilangan.
Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrь kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi hamda bu borada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevaning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining joriy yil 6 yanvarь kuni bo'lib o'tgan o'n birinchi yalpi majlisida ma'ruzasidan kelib chiqib, Kengash hamda Kengash doimiy komissiyalari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlari yuzasidan ish va media-rejalari ishlab chiqilgan.
Masala yuzasidan yangi tayinlangan kotibiyat mudiri Masudjon Jumayevning ma'ro'zasidan so'ng qaror loyihasi va rejalar, shuningdek, deputatlar tomonidan qaror loyihasi va rejalar, shuningdek, “Davlat tili to'g'risida”gi qonun ho'jjatlari talablariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari So'x tuman Kengashi, tuman hokimligining yangi namunadagi rasmiy ish hujjatlari (blankalari) tasdiqlandi.
Sessiya davomida qo'yilgan masalalar bo'yicha deputatlarning muzokaralari tinglandi. Masalalar yuzasidan sessiya ishtirokchilari o'zaro fikr almashdilar va shu bilan Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi yakunlandi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati