Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-6126, 07

×

 2020-12-09 16:59:19    155

PDF yuklash
Chop etish


“Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-6126, 07.12.2020 y.) qabul qilindi

         Mazkur Farmon bilan Prezidentning tegishli qaroriga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga bo'linmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagicha belgilandi:

         Toshkent shahrida – umumiy maydoni 60 m² gacha bo'lgan kvartiralar uchun – 264 mln so'm, 60 m² dan ortiq bo'lganlari uchun – 352 mln so'm;

         boshqa hududlarda – umumiy maydoni 60 m² gacha bo'lgan kvartiralar uchun – 240 mln so'm, 60 m² dan ortiq bo'lganlari uchun - 320 mln so'm.

         Shuningdek, Farmon bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qaroriga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra:

         2020 yildagi subsidiyalar to'lashning maqsadli mo'ljallari doirasida subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar va to'lov muddati 2021 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi;

         subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga boshqa shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkinligi belgilandi.

         Barchamizga ma'lumki, tumanimizda ham Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida ko'p qavatli uy-joylar qurilishi davom etmoqda. Tabiiyki, ushbu xonadonlarni xarid qilishga hammaning ham qurbi yetmaydi. Buning uchun yuqorida ko'rsatilgan tartib bo'yicha xonadonlar xarid qilish amalga oshiriladi. Agar Prezidentimizning mazkur qarori bo'yicha Sizlarda savol paydo bo'lgan bo'lsa, So'x tumani Davlat Xizmatlari Markaziga murojaat etishingiz mumkin.

         Abdumannof Umriddinov – So'x tumani DXM bo'lim boshlig'i