KONSTITUTSIYa – BAXTIMIZ QOMUSI
2020-12-08 16:01:37 239
KONSTITUTSIYa – BAXTIMIZ QOMUSI
Konstitutsiya dunyo hamjamiyatida davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitadigan huquqiy asosdir. Zotan, Konstitutsiyada xalqning irodasi, uning huquq va manfaatlari mujassam. Bugun baxtimiz Qomusining qabul qilinishiga 28 yil to'ldi.
So'x tumani madaniyat bo'limining majlislar zalida “Yangi O'zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida Konstitutsiyaga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, huquq-tartibot organlari vakillari, harbiylar, korxona-tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik ishtirok etishdi. Tadbir avvalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev so'zga chiqib, Bosh Qomusimizning fuqarolarimiz hayotidagi o'rni va ahamiyati haqida gapirib, huquqiy davlatning belgisi - barcha fuqarolarning irqi, millati, dinidan qat'iy nazar qonun oldidagi tengligida ekanligini ta'kidladi.
So'x tumani prokurori Farhodjon Abduvaliyev ham o'z nutqida Konstitutsiya xalqning huquqiy siymosi, Konstitutsiyamizning benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjat ekanligi haqida gapirib o'tdi. Konstitutsiyani baxt Qomusi deb bejiz aytilmaydi.
Shuni ham alohida ta'kilash lozimki, Konstitutsiya arafasida bir qator turli sohalarda faoliyat yuritadigan mehnat fidoylari va faol ishchi-xodimlarni davlat mukofotlari hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlash an'anaga aylanib qolgan. Tadbir davomida bir qator mehnat fidoiylariga Prezidentimiz Farmoni bilan ta'sis etilgan “Mehr-saxovat” ko'krak nishoni taqdim etildi. Mukofotlanganlar iichida yoshalar borligi barchani birdek quvontiradi. Zero koronavirus pandemiyasi davrida fidoiy yoshlarmimiz bu ofatni oldini olish va unga qarshi kurashda o'zlarining salmoqli hissalari qo'shishdi.
- Albatta, Prezidentimiz tomonidan biz yoshlarga nisbatan berilgan e'tibor bizni yangi marralar va cho'qqilar sari yetaklaydi. Xalqimizni roziligini olish, ularga farzandlari kabi xizmat qilish biz yoshlarning aosiy maqsadimizdir, - deydi ushbu mukofot sohibi Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini raisi o'rinbosari Mehtarjon Marufjonov.
Shuningdek, har bir sohada yetakchi bo'lgan ilg'or xodimlarga, tuman sharafini viloyat va Respublika miqyosida himoya qilgan yosh sportchilarga, viloyat “Huquq bilimdonlari” ko'rik-tanlovida munosib o'rin egallagan 5-son UO'T maktabi talabalariga, futbol bo'yicha So'x tumani hokimi kubogi g'olib va sovrindorlariga, mehnat faxriylariga ham tuman hokimligining esdalik sovg'alari, qimmatbaho mukofotlar, faxriy yorliq va medallar taqdim etildi.
Konstitutsiya bayramiga bag'ishlab kontsert dasturi tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga taqdim etildi. Tadbirga tashrif buyurgan 5-son UO'T maktabi o'quvchi-yoshlari tomonidan sahnada baxtimiz Qomusi she'r va qo'shiqlar ila tarannum etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati