Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (704-son, 10.11.2020 y.) bilan tasdiqlangan Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamentining mazmun-mohiyati

×

 2020-11-25 16:32:09    204

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

(704-son, 10.11.2020 y.) bilan tasdiqlangan Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamentining mazmun-mohiyati

         Mazkur reglament tug'ilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslarga  tug'ilganlik haqidagi tibbiy ma'lumotnoma olish, tug'ilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qo'yish, bir martalik nafaqa pulini olish, bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi, tutingan ota-onasi doimiy ro'yxatda turgan manzili bo'yicha ro'yxatga qo'yish hamda bolani davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga navbatga qo'yish bo'yicha kompleks davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini belgilaydi.

         Unga ko'ra, bola tug'ilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tug'ilganidan so'ng 1 kun ichida bola va ota-onasi haqidagi ma'lumotlarni “Tug'ilish va o'limni, shu jumladan perinatal o'limni elektron ro'yxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga kiritadi.

         Ma'lumotlar avtomatik ravishda "FHDYo yagona elektron arxivi" axborot tizimiga yuboriladi.

         FHDYo bo'limi ma'lumotlarni qabul qilib olganidan so'ng 3 ish soati ichida ko'rib chiqadi va bolaga tug'ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtiradi.

         Ma'lumotlar kompleks tartibda boshqa xizmatlarni ko'rsatish uchun avtomatik ravishda Ichki ishlar, Maktabgacha ta'lim, Sog'liqni saqlash vazirliklari hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi axborot tizimlariga yuboriladi. 

         Shunga ko'ra:

         Tuman (shahar) ichki ishlar bo'limi – bolani 1 kun ichida tegishli manzil bo'yicha doimiy ro'yxatga qo'yadi;

         Maktabgacha ta'lim vazirligi – maktabgacha ta'limni boshqarishning axborot tizimida so'rovda ko'rsatilgan bog'chaga bolani avtomatik ravishda navbatga qo'yadi;

         Sog'liqni saqlash vazirligi – 1 ish kuni ichida ona ro'yxatda turgan poliklinikaga (ro'yxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha ro'yxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani ro'yxatga qo'yadi;

         Pensiya jamg'armasi bo'limi – farzand tug'ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini avtomatik ravishda rasmiylashtiradi.  

         Bolaning otasi yoki onasi bola tug'ilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin (6 oydan keyin murojaat qilinsa, bir martalik nafaqani to'lash rad etiladi).

         Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida, 2021 yil 1 fevraldan barcha viloyat markazlarida, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab butun respublika hududida ko'rsatiladi.

 

                   B.Enazarov - So'x tuman adliya

                                     bo'limi boshlig'i