DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI
2020-11-21 15:34:58 149
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo'lib o'tdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korxona tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, ichki ishlar bo'limi profilaktika inspektorlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan sessiyada dolzarb masalalar muhokama etildi.
Sessiyaga Halq deputatlari So'x tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi va olib bordi.
Sessiya kun tartibiga to'rtta - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 20 avgust kuni bulib o'tgan videoselektor yig'ilishida ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalasi bo'yicha belgilab berilgan vazifalar yuzasidan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullar va sektor rahbarlari hisobotini tinglash va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 16 oktyabr kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida, So'x tumanida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida, tumanda geografik obektlarni nomlash bo'yicha tuman hokimining qarorini tasdiqlash to'g'risidagi masalalar qo'yildi va kun tartibidagi masalalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisoboti tinglandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 20 avgust kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida yoshlar va ayollar bandligini ta'minlash bo'yicha “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berilgan va sessiyada tumanda sektorlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi. Tumanda bu bo'yicha olib borilayotgan ishlar talab darajasida emasligi ta'kidlanib, masalaga daxdor bo'lgan mutasaddilar mas'uliyatni his etib faoliyat olib borishlari qayd etib o'tildi.
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 16 oktyabr kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sessiya ishtirokchilari tuman hokimining birinchi o'rinbosari Mamurjon Botirovning hisobotini tinglashdi.
So'x tumanida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev ma'ro'za qildi. Ta'kidlandiki, o'tgan yili tumanda 30 ta jinoyat sodir etilib, ro'yixatga olingan. Joriy yilning 10 oyi davomida bu ko'rsatgich 3taga ko'paygan va jinoyat soni 33taga yetgan. Ba'zi mahallalarada jinoyat soni kamaygan bo'lsada, biroq ba'zi mahalla fuqarolar yig'inlarida bu ko'rsatgich keskin ko'paygan. Joylarda jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta'minlash bo'yicha mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'yish, jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha barcha birdek mas'uliyat bilan yondoshib, faoliyat olib borishi davr va zamon talabi ekanligi ichki ishlar bo'limi boshlig'i tomonidan alohida ta'kidlandi.
Sessiya kun tartibidagi to'rtinchi masala - tumanda geografik obektlarni nomlash bo'yicha tuman hokimining qarorini tasdiqlash bo'yicha ishtirokchilar tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning ma'ro'zasini tinglashdi. Tuman hokimi ishtirokchilarga tuman hududidagi mahalallarda nomsiz bo'lgan ko'chalarga nom qo'yish bo'yicha tuman hokimi qarori loyihasini eshittirdi va qaror loyihasi bir ovozdan tasdiqlandi.
Sessiya davomida qo'yilgan masalalar bo'yicha deputatlarning muzokaralari tinglandi. Masala yuzasidan sessiya ishtirokchilari o'zaro fikr almashdilar va shu bilan Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining o'n sakkizinchi sessiyasi yakunlandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati