Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YaRAShUV – MILLIY BAG'RI KENGLIK IFODASI

×

 2020-11-09 16:16:27    222

PDF yuklash
Chop etish


YaRAShUV – MILLIY BAG'RI KENGLIK IFODASI

         Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishdan ko'zlangan bosh maqsad fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalashdir. Huquqiy islohotlar haqida gap ketganda, yarashuv institutining ahamiyati to'g'risida alohida to'xtalib o'tish joiz. Bag'rikenglik va kechirimli bo'lish kabi milliy an'analarimizni inobatga olib, yarashuv instituti joriy etilgan.

         O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 29 avgustda bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq VI ses¬siyasida davlatimiz rahbarining tashabbusi bi¬lan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat, Ji¬noyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilingan edi. Qonunga asosan sud amaliyotida yarashuv instituti joriy etildi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish va sud-huquq tizimini takomillashtirishning yangi bosqichiga qadam qo'yildi.

         Ushbu yangilik O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66l-moddasida o'z ifodasini topdi.

         Agar shaxs Jinoyat kodeksining 661-moddasida ko'rsatilgan jinoyatlardan birini sodir etsa, aybiga iqror bo'lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa, yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ilgari og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar uchun sudlanmagan bo'lsa, unga nisbatan javobgarlikdan ozod qilishning mazkur turi qo'llaniladi. Javobgarlikdan ozod qilishning bu turi boshqalaridan shunisi bilan farq qiladiki, unga ko'ra, jinoyatni sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi uchun jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to'la qoplab, u bilan yarashgan bo'lishi va jabrlanuvchi yarashishga rozilik berishi lozim.

         Sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Yarashuv institutining talabiga ko'ra, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to'liq qoplab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.

         Yarashuv avvalo jabrlanuvchining manfaatiga xizmat qiladi. Birinchidan, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar tez va to'la qoplanishi ta'minlanadi. Eng muhimi, yarashuv jamiyatda sudlanganlik holatini kamaytirish bilan birga, uning uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf qilish imkoniyatlarini beradi. Eng asosiysi, sudlanuvchi bu orqali «sudlangan» degan tamg'adan xalos bo'ladi. Bu kamida shuncha jabrlanuvchining buzilgan huquqi tiklanishiga sabab bo'ladi. Yarashuv instituti joriy etilishi amaliyotda o'zining ijobiy jihatlarini ko'rsatayotganligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Ayni paytda dastlabki tergov ishlarini olib borish va ishni sudda ko'rib chiqish uchun sarflanadigan muddatlar ancha qisqardi. Agar o'zbek tilining izohli lug'atiga nazar tashlasak, «yarash», «yarashmoq» so'zlari o'zaro janjalni to'xtatmoq, urushmaslikka ahd qilmoq, munosabatni yaxshilamoq, totuvlashmoq ma'nosini beradi. Shu ma'noda, adashib xato qilganlarni to'g'ri yo'lga solish, hayotda o'z yo'lini topishida ko'maklashish, kechirimlilik kabi olijanob maqsadlarni o'zida mujassamlashtirgan yarashuv instituti shubhasiz insonparvarlikning yorqin namunasidir.

         Bir so'z bilan aytganda, mustaqillik yillarida sud-huquq tizimida o'tkazilgan islohotlar tufayli qonunlarimiz liberallashib, insonning huquqi hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinadigan bo'ldi.  

 

                   J.Maxammadjonov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                                               shahar sudining devonxona mudiri                                                                                         

 

                   Sh.G'oziyev - Jinoyat ishlari bo'yicha

                            Farg'ona shahar sudining sud’ya yordamchisi